Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U o'z o'qi atrofida va aylanaga juda yaqin bo'lgan elliptik orbita bo'yicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Biroq, hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Yerni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Yerdagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi.
Oy - Yer sayyorasining yagona tabiiy yo'ldoshi. Oy Yerdan o'rtacha 384 400 km uzoqlikda joylashgan. Orbitasining ekliptika tekisligiga qiyaligi burchagi 5° 8' 43" ni tashkil etadi. Massasi 7,35×1022 kg (1/81,3 Yer massasi). Oʻrtacha radiusi 1738km, sirtidagi erkin tushish tezlanishi 1,62 m/s2. Astronomik belgisi ☾. Oy orbitasi ekliptika tekisligiga oʻrtacha 5°8’43" burchak ostida yotib, 4°58’ dan 5°20’ gacha oʻzgarib turadi. Oy Yer atrofida gʻarbdan sharqqa harakatlanib, biror yulduzga nisbatan toʻla aylanish davri uning siderik (yoki yulduz) davri deb ataladi.
Quyosh - Quyosh tizimining markaziy jismi, qizigan plazma shari. Quyosh Yerga eng yaqin G2 sh - Quyosh tizimining markaziy jismi, qizigan plazma shari. Quyosh Yerga eng yaqin G2 sinfiga mansub sariq mitti yulduz. Massasi 1,990×1030 kg (Yernikidan 332958 marta koʻp). Quyoshda Quyosh tizimi massasining 99,866 foizi jamuljam. Yerdan Quyoshgacha masofa 1,4710×1011 m dan (yanvar) 1,5210×1011 m gacha (iyul) boʻlib, oʻrtacha 1,4960×1011 m ni tashkil etadi (astronomik birlik). Quyosh diametri 1,392×1011 9 m (Yer ekvatori diametridan 109 marta koʻp). Oʻrtacha zichligi 1,41×1011 kg/m3. Quyosh sirtida erkin tushish tezlanishi 273,98 m/s kvadrat, parabolik tezlik (ikkinchi kosmik tezlik) esa 6,18×105 m/s. Sirtidagi harorat 5770 K. Quyosh sistemasidagi sayyoralar soni 8 ta. Astronomik belgisi fi .